2025-yil 18-aprel kuni UMPT zavodida Women's Board tashabbusi doirasida xodimalarimizning hissiy holatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan art-terapiya sessiya bo‘lib o‘tdi. Professional psixolog Sabina Tabayeva rahbarligida ishtirokchilar ijod va o‘zini anglash muhitiga sho‘ng‘ib, ichki muvozanatni tiklash vositasini kashf etdilar. Sessiya ramzlar va vizual obrazlar bilan amaliy mashg‘ulot tarzida tashkil etildi.
Bu ko‘plab ishtirokchilar uchun muhim tajriba bo‘lib, ular o‘z hissiyotlariga yangicha nigoh bilan qarashlari hamda kasbiy va shaxsiy hayotdagi kundalik yuklamalarda ichki tayanch nuqtalarni topish imkoniyatiga ega bo‘lganliklarini ta’kidladilar.
Mazkur uchrashuvga alohida qiymat baxsh etgan jihatlardan biri — UzAuto Motors (Asaka zavodi)dan taklif etilgan hamkasblarimizning ishtiroki bo‘lib, ular bilan ishlab chiqarish sohasida ayollar tashabbuslari ahamiyati yuzasidan fikr almashishdi.