Kostanay shahri (Qozog‘iston Respublikasi) dagi “SaryarkaAvtoProm” zavodida Chevrolet Onix sedanlarini kichik hajmda yig‘ishni yo‘lga qo‘yish loyihasi doirasida 13-14-aprel kunlari “SaryarkaAvtoProm” delegatsiyasi UzAuto Motors Powertrain zavodiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad GMS tizimi bilan tanishish va modellashtirilgan SWE (simulated work environment) ish muhitida tashkil etilgan treningda ishtirok etish.
SWE tizimi bo‘yicha tashkil qilingan trening qisqa muddat ichida dvigatellarning maketlari misolida dvigatellarni yig‘ish tartibini, shuningdek, GMS tizimining tamoyillari va vositalaridan foydalangan holda ish stansiyasi va konveyer liniyasida ishlashni o‘rganish imkonini beradi.
GM GMS tizimi - operator qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan global ishlab chiqarish tizimidir. Zavod va jarayonlar zavodda operatorlar va jamoalarni qo‘llab-quvvatlash tartibini ta'minlay oladigan darajada loyihalashtirilgan bo‘lib, ular mijozlarimizga yuqori sifat, qimmatlilik va xodimlarni jalb qilishning 5 tamoyili asosida tezda javob berish, standartlashtirish, integratsiyalangan sifat, buyurtmalarni qisqa muddat ichida bajarish va uzluksiz takomillashtirish qoidalariga javob beradi. Mazkur tizim General Motors kompaniyasining barcha korxonalarida joriy etilgan. UzAuto Motors Powertrain - O‘zbekistonda shunday o‘qitish tizimiga ega bo‘lgan yagona kompaniya bo‘lib, har bir GMS elementi bo‘yicha sertifikatlangan chempionlari bo‘lgan BIQ 4 sifat menejmenti tizimi darajasiga ega.
“SaryarkaAvtoProm” vakillari Uzauto Motors va Uzauto Motors Powertrain kompaniyasida ishlab chiqarish jarayonini qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilganini yuqori baholadilar, shuningdek, olgan bilimlari uchun minnatdorchilik bildirdilar.
Qozog‘istonlik hamkasblarimizga tashrif uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusida samarali hamkorlik qilishga umid qilamiz!