29.08.2025 UzAuto Motors Powertrainda «Biznes ahamiyati» dasturi doirasida o‘quv sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
UzAuto Motors Powertrainda «Biznes ahamiyati» dasturi doirasida o‘quv sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning jalb qilinishi va motivatsiyasi kompaniya maqsad va vazifalarini chuqur tushunishga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida “Biznes ahamiyati” nomli dastur ishga tushirildi. Ushbu dastur doirasida 7 oy davomida kompaniya top-menejmenti har bir funksional bo‘linmaning faoliyati va asosiy maqsadlari haqida xodimlarga batafsil ma’lumot bermoqda.
28-avgust kuni navbatdagi trening-sessiya bo‘lib o‘tdi. Uni Ishlab chiqarish departamenti direktori Ravshanbek Kinjeev olib bordi. U Shop Floor Management konsepsiyasining asosiy tamoyillari haqida so‘zlab berdi — bu yondashuv ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita joylarda samarali tashkil etish va boshqarishga xizmat qiladi.
Sessiya davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
•ishlab chiqarishda operativ boshqaruv qanday tashkil etilgan;
•rahbarning ish joyidagi roli — nazoratdan tortib jamoani rag‘batlantirishgacha;
•vizual boshqaruv tizimi va uning afzalliklari;
•doimiy takomillashtirish tamoyillari va bu borada UMPTda qo‘llanilayotgan ilg‘or xalqaro amaliyotlar.