UzAuto Motors Powertrain New Uzbekistan universitetida bo‘lib o‘tgan vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etdi.
2026-yil 13-fevral kuni UzAuto Motors Powertrain New Uzbekistan universitetida o‘tkazilgan vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etdi. Kompaniya vakillari talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar. Samarali muloqot tufayli kompaniya vakillari iqtidorli talabalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Asosiy e’tibor talabalarning o‘quv jarayonida olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash va zamonaviy sharoitlarda foydali ish tajribasini orttirish imkonini beruvchi dasturlarga qaratildi.
UzAuto Motors Powertrain vakillari talabalarning yuqori tayyorgarlik darajasini ta’kidlab, universitet bilan hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishiga ishonch bildirdilar.