2026.01.27 Suv resurslarini muhofaza qilish oyi
"UzAuto Motors Powertrain" kompaniyasida yanvar oyi suv resurslarini muhofaza qilish oyi deb e’lon qilingan. Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oqova suvlar avtomatlashtirilgan yig‘ish tizimi orqali maxsus sanoat tozalash inshootlariga yo‘naltiriladi.
 
Bundan tashqari, korxona hududida to‘planadigan yomg‘ir suvlari yomg‘ir havzasiga tushadi va maxsus yomg’ir oqava suvlari tozalash inshootlarida tozalanadi.
 
Shunday qilib, korxonada ishlab chiqarish va yomg’ir oqova suvlarini yig‘ish hamda tozalashning kompleks tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va suv resurslarini muhofaza qilishga xizmat qiladi.