23.09.2025 “Biznes ahamiyati”
“Biznes ahamiyati”: Binolar, inshootlar va kommunal xizmatlardan foydalanish va xizmat ko`rsatish departamenti.
“Biznes ahamiyati” dasturi doirasida 23-sentabr kuni FO departamenti boshlig‘i Mahmud Veliev bilan sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiya departamentning binolar, inshootlar va kommunal xizmatlardan foydalanish va xizmat ko`rsatish departamenti faoliyatiga bag‘ishlandi.
Jamoaning asosiy vazifalari va funksiyalari muhokama qilindi: binolarga texnik xizmat ko‘rsatish, muhandislik infratuzilmasining ishonchli ishlashini ta’minlash va ishlab chiqarishda energiya xavfsizligi, resurslarni tejashning zamonaviy yondashuvlari haqida so‘z yuritildi: elektr energiyasi, issiqlik va suv iste’molini nazorat qilish, shuningdek, quyosh panellarini o‘rnatish.
Kimyo bo‘limi boshlig‘i Nozima Xolbutaeva zamonaviy texnologiyalar yordamida oqava suvlarni tozalash jarayonini amaliy ko‘rsatib berdi.
FO departamenti faoliyati shunchaki “qo‘llab-quvvatlash” emas, balki kompaniya barqarorligi va ishonchliligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan, yuqori biznes ahamiyatiga ega bo‘lgan strategik tizimdir.