2026.08.30 35 Mustaqilliknining yilligi

Aziz vatandoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etamiz!

Mustaqil O‘zbekiston tarixi va mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati tarixi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Aynan mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatining poydevori yaratildi.

Mahalliy avtomobilsozlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri dvigatellar va boshqa asosiy komponentlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘ldi. Bugun, 35 yil o‘tib, biz ushbu yo‘lni ishonch bilan davom ettirmoqdamiz — ishlab chiqarishni rivojlantirmoqdamiz, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirmoqdamiz, mahalliylashtirish darajasini oshirmoqdamiz hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning ajralmas qismiga aylanayotgan yechimlarni yaratmoqdamiz.

Yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va yangi yutuqlar, katta jamoamizga esa — oldinga dadil intilish, kasbiy g‘alabalar va yangi marralarni zabt etishni tilaymiz!

Hurmat bilan,

UzAuto Motors Powertrain