2026.08.28 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kunini nishonlashga tayyorgarlik doirasida hashar

Bir jamoa — bir maqsad!

2026-yil 27-avgust kuni UzAuto Motors Powertrain hududida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kunini nishonlashga tayyorgarlik doirasida hashar tashkil etildi.

Hashar davomida kompaniya xodimlari hududni obodonlashtirish va tozalash ishlarida faol ishtirok etib, korxonani mamlakatimizning eng muhim davlat bayramlaridan biriga tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Yurtimiz obodligi har birimizdan boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin!