2026-yil 28-avgust kuni UzAuto Motors Powertrain korxonasiga yuqori turuvchi kasaba uyushma tashkilotlari vakillari tashrif buyurib, Quyish sexi boshlig‘i Iskandar Qodirovni yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlangani munosabati bilan tabrikladilar.
«Uzmetmashsanoat» tarmoq kengashi raisining o‘rinbosari Sultonov Bahodir Fazilovich Iskandar Qodirovni munosib e’tirof bilan shaxsan tabriklab, uning professionalligi, korxona va umuman soha rivojiga qo‘shayotgan salmoqli hissasini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida Bahodir Fazilovich UzAuto Motors Powertrain rahbariyati va jamoasini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan ham samimiy tabriklab, korxonaga kelgusida yanada rivojlanish, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tiladi.