2026.07.30 UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida atrof-muhitni muhofaza qilish

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish UzAuto Motors Powertrain faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Korxonada ISO 14001 xalqaro standarti talablariga muvofiq ekologik menejment tizimi joriy etilgan va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ushbu tizim korxona faoliyatining ekologik jihatlarini tizimli boshqarish, atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish hamda ekologik ko‘rsatkichlarni doimiy ravishda takomillashtirishga qaratilgan. Bundan tashqari, kompaniyada ISO 50001 xalqaro standarti talablariga muvofiq energetik menejment tizimi joriy etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi energiya samaradorligini oshirish, energetik resurslardan oqilona foydalanish hamda energiya iste’molini boshqarish jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirishdan iborat.