2011-yil 26-iyul kuni UzAuto Motors Powertrain zavodida ilk dvigatel ishlab chiqarildi.
O‘tgan 15 yil davomida korxona ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi: birinchi dvigatelni ishlab chiqarishdan boshlab zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, xalqaro bozorlarga chiqish hamda jahon miqyosidagi loyihalarni amalga oshirishgacha. Ushbu yutuqlarning har biri ortida kompaniya xodimlarining professionalligi, mas’uliyati va kundalik fidokorona mehnati mujassam.
Bugungi kunda UzAuto Motors Powertrain — dvigatellarni to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega zamonaviy, yuqori texnologik korxona bo‘lib, innovatsion yechimlarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va izchil rivojlanish yo‘lidan dadil odimlashda davom etmoqda.
15 yillik tarix.
15 yillik taraqqiyot.
15 yil oldinga intilish.
Yubiley muborak bo‘lsin, UzAuto Motors Powertrain!