2026-yil 4-sentabr kuni UzAuto Motors Powertrain zavodiga SAIC-GM-Wuling (SGMW) kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar BDOHC L2B dvigatelini Chevrolet Damas Move/Max avtomobiliga integratsiya qilish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.
Asosiy e’tibor loyihaning joriy holatiga, shuningdek, uni kelgusida amalga oshirish uchun qo‘shimcha ishlab chiqishni talab etadigan masalalarga qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar keyingi hamkorlikni davom ettirish hamda loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lida birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.