Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan UzAuto Motors Powertrain korhonasining Changlatuvchilar bog‘ida kompaniya ko‘ngillilari uchun atrofimizdagi o‘simliklarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar daraxtlar, butalar va gullarni aniqlashdi, turli o‘simliklarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishishdi, hamda hudud bioxilma-xilligi haqidagi bilimlarini kengaytirishdi.
Tadbirda kompaniyaning bir nechta bo‘limlari xodimlari ishtirok etdilar. Ular nafaqat bioxilma-xillik va tabiiy ekotizimlarni asrashning ahamiyati haqidagi bilimlarini boyitdilar, balki tabiat qo‘ynida bo‘lishdan ko‘plab ijobiy taassurotlar ham oldilar.
Topshiriq yakunlariga ko‘ra Sifat bo’limi hodimi – Jur’at Doniyev g‘olib deb aniqlandi. U eng ko‘p o‘simliklarni to‘g‘ri aniqladi va yuqori natija uchun taqdirlandi.