25-may kuni rahbar va talabalar uchrashuvi dasturi bo‘yicha Yangi O'zbekiston Universiteti bilan hamkorlikda Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti (HKUST) talaba va o'qituvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Muhandislik va Ishlab chiqarish departamenti rahbarlari Arsen Arutyunyan va Ravshanbek Kinjeev zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va global sanoat standartlari haqida talabalar bilan fikr almashdi.