“Zavodni boshqar” biznes-simulyatsiyasi. Jamoalar, KPI, kutilmagan inqirozlar va natija uchun kurash — aynan shunday tarzda 21-may kuni UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida “Zavodni boshqar” biznes-simulyatsiyasi bo‘lib o‘tdi. Kim korxonasini yetakchiga aylantira oldi, kim esa tizim yuklamasining oshishiga duch keldi? Ishtirokchilar qanday qilib qiyinchiliklarni yengib o‘tganini videomizda tomosha qiling.