2026.05.20 Biznes ichkaridan qanday ishlaydi?

Business Awareness Month doirasida UzAuto Motors Powertrain zavodi xodimlari ishlab chiqarish hududida tashkil etilgan biznes-kvest davomida buni amaliyotda sinab ko‘rdilar.

5 ta jamoa real ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilindi: nomzodlar uchun assessment center’dan o‘tish, sifat nazorati, mahsulot tannarxini hisoblash, yig‘uv liniyasi uchun detallar logistikasini boshqarish, liniyadagi nostandart holatlarga (Andon Call) javob berish hamda ishlab chiqarishning uzluksiz ishlashida binolar ekspluatatsiyasi departamentining muhim rolini o‘rganishdi.

Biznes-kvest ishtirokchilarga boshqa bo‘limlar ishini yaxshiroq tushunish va ularning kompaniya umumiy natijasiga qo‘shayotgan hissasini ko‘rish imkonini berdi.