Ma’lumotni to‘g‘ri taqdim etish qaror qabul qilish tezligi va sifatiga qanday ta’sir qiladi?
Bu haqda UzAuto Motors Powertrain xodimlari 19-may kuni Business Awareness Month loyihasi doirasida tashkil etilgan trening-sessiyada suhbatlashishdi. Sessiyani General Motors kompaniyasining sifat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ji Hoon Choo olib bordi. Uchrashuv mavzusi “Concise by Design” — ya’ni aniq va samarali kommunikatsiya yondashuviga bag‘ishlandi.
Sessiya davomida xodimlar spikerning xalqaro tajribasida qo‘llaniladigan amaliy vositalar bilan tanishib, fikrlarni aniq va tizimli yetkazish, vaqtni tejash hamda qaror qabul qilish samaradorligini oshirish usullari haqida ma’lumot olishdi.