2026.05.14 BAM sessiyasi - Bosh direktor kabi fikrla

Business Awareness Month doirasida loyihaning ikkinchi sessiyasi — “Bosh direktor kabi fikrla” bo‘lib o‘tdi.

5 ta jamoa biznes-keyslar ustida ishladi, mumkin bo‘lgan yechimlarni tahlil qildi, ularning jarayonlar va kompaniya natijalariga ta’sirini baholadi hamda strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirdi.

Sessiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, barcha jamoalarni kompaniya Bosh direktori - Saidazim Gulyamov baholadi. Har bir keysdan so‘ng ishtirokchilar fikr-mulohaza va biznesning uzoq muddatli maqsadlarini inobatga olgan holda qarorlar qanday qabul qilinishi bo‘yicha amaliy qarashlarga ega bo‘lishdi.

Business Awareness Month — bu g‘oyalar qanday qilib qarorlarga, qarorlar esa natijaga aylanishini ko‘rish imkoniyati.

Loyihaning keyingi sessiyalarini kuzatib boring.