7-may kuni UzAuto Motors Powertrain zavodida Business Awareness Month loyihasiga rasman start berildi.
Loyihaning birinchi kuni zavod qurilishi tarixi, ishlab chiqarish tizimining rivojlanishi va korxonaning shakllanish yo‘liga bag‘ishlandi. Zavodni tashkil topish tarixi orqali xodimlar korxonaning ishlab chiqarish tizimi qanday shakllangani, uning asosiga qanday tamoyillar qo‘yilgani va ular bugungi kunda kompaniya faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini yanada yaxshiroq tushunishdi.
Oldinda esa — yanada ko‘proq insaytlar, uchrashuvlar va birgalikda yaratayotgan biznesimiz haqidagi yangi bilimlar kutmoqda. Yangiliklarni kuzatib boring!