2026.05.03 UMPTda Butunjahon yovvoyi tabiat kuni

Uzauto Motors Powertrain kompaniyasida Butunjahon yovvoyi tabiat kuni nishonlandi — bu sana har yili bioxilma-xillikni saqlash va tabiiy resurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish muhimligini eslatib turadi. Joriy yilda bayram mavzusi sog‘liq, madaniy meros va barqaror turmush manbai sifatida dorivor va xushbo‘y o‘simliklarga bag‘ishlandi.

Ushbu sana munosabati bilan UMPTda “Dorivor va xushbo‘y o‘simliklar” mavzusida seminar o‘tkazildi. Ma’ruzachi — O‘zR FA Botanika bog'i mutaxassisi, dorivor o‘simliklar sohasiga ixtisoslashgan, istiqbolli turlarning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha tadqiqotchi Faxriddinova Durdona bo‘ldi.

Ishtirokchilar dorivor o‘simliklarning inson salomatligi uchun ahamiyati, ularning ekotizimlardagi o‘rni va ularni asrash zarurligi haqida ma’lumot oldilar.

Tashabbusning davomi sifatida changlatuvchilar bog‘ida lavanda, kalendula va barxatgullar ekildi. Yangi o‘simliklar asalarilar va boshqa changlatuvchilar uchun qulay muhit yaratadi, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydi hamda hududni tabiiy ifor bilan boyitadi.