2-iyun kuni UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida Business Awareness Month’ning yakuniy sessiyasi — “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Jamoaviy ruh, mantiq, tezkor fikrlash va biroz hayajon — aynan shunday muhitda o‘yin tashkil etildi. Ishtirokchilar avtomobilsozlik bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, noodatiy savollarga javob izladilar, kompaniyaning ichki jarayonlarini esladilar hamda eng bilimdon jamoa nomi uchun bellashdilar.
O‘yin davomida qiziqarli muhokamalar, ko‘plab ijobiy hissiyotlar, kulgu va haqiqiy jamoaviy hamkorlik muhiti hukm surdi!
Barcha ishtirokchilarga faollik, energiya va ko‘tarinki kayfiyat uchun minnatdorchilik bildiramiz. Business Awareness Month yorqin yakunlandi!
Bu qanday o‘tganini videomiz orqali tomosha qiling.