2026-yil 28-aprel kuni UzAuto Motors Powertrain zavodiga Milliy tadqiqot texnologik universiteti MISIS Olmaliq filiali talabalari tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida talabalar korxonada qo‘llanilayotgan zamonaviy uskuna va texnologiyalar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Ular korxona faoliyatini yaqindan o’rganib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Talabalar innovatsion rivojlanish va ishlab chiqarishda ilg‘or muhandislik yechimlarini joriy etish masalalariga alohida qiziqish bildirishdi. Bunday tadbirlar sanoat korxonalari bilan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy bilim olish, dunyoqarashni kengaytirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatning real sharoitlari bilan tanishish uchun muhim imkoniyatdir.