2026.04.29 “UzAuto Motors Powertrain” AJ ISO 37001 sertifikatiga ega bo‘ldi

“UzAuto Motors Powertrain” AJ da ISO 37001 — “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi” xalqaro va milliy sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sertifikatni qo‘lga kiritish kompaniyada 2019-yildan buyon olib borilayotgan komplaens va korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar natijasi bo‘ldi. Shu davr mobaynida ichki siyosat va tartib-taomillar yangilandi, korrupsion xatarlarni boshqarish vositalari joriy etildi, shuningdek xodimlar uchun o‘quv dasturlari tashkil etildi. Tadbir doirasida Bosh direktor S. G‘ulomov, komplaens xizmati rahbari A. Odilov hamda xalqaro sertifikatlash organi — CERT International vakili so‘zga chiqdi. Ular amalga oshirilgan ishlarning ahamiyati va erishilgan natijalarni alohida ta’kidladilar. Mazkur sertifikat kompaniyada korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro talablarga muvofiqligini hamda uning samarali faoliyat yuritayotganini tasdiqlaydi. Kompaniya kelgusida ham komplaens amaliyotlarini rivojlantirishni davom ettirib, o‘z faoliyatida shaffoflik va qonuniylik tamoyillarini yanada mustahkamlashni rejalashtirmoqda.