2026.04.24 UzAuto Motors Powertrain Toshkentdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida ishtirok etdi

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Toshkentdagi bir qator universitetlarda tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida ishtirok etdi. Jumladan, tadbirlar Westminster International University in Tashkent (WIUT), Kimyo International University in Tashkent, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, hamda New Uzbekistan universitetlarida bo’lib o’tdi. O‘tkazilgan yarmarkalarda Kompaniya vakillari talabalar bilan jonli muloqot qilishdi, ularga Kompaniya, unda amaliyot o‘tash tartibi va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

 

Mehnat yarmarkasi davomida ko‘plab talabalar o‘z ta’lim yo‘nalishlariga mos ravishda Kompaniyamizda amaliyot o‘tab, olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga katta qiziqish bildirishdi.

 

Bu kabi mehnat yarmarkalari talabalarga amaliyot o‘tash va o‘z karyerasini boshlash uchun yordam bersa, ish beruvchilarga oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari orasidan iqtidorlarni aniqlab, ularni istiqbolli kadr sifatida turli lavozimlarga jalb qilish imkonini beradi