2026.04.07 Woman’s Board: rivojlanish, muloqot va yangi g‘oyalar sari

2026-yil 6-aprel kuni “UzAuto Motors Powertrain” da Woman’s Board loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyamizda faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish, rivojlanish va kelgusi rejalarni muhokama qildilar. Yig‘ilish davomida 2025-yilda tashkil etilgan sessiyalar esga olindi. Jumladan: -“I’m Remarkable” treningi -art-terapiya mashg‘ulotlari -ayollar salomatligi va xavfsizligi bo‘yicha sessiyalar -stilist-kolorist bilan uchrashuv -shaxsiy brendni rivojlantirish bo‘yicha treninglar -psixologik rivojlanishga qaratilgan uchrashuvlar. Shuningdek, ishtirokchilar 2026-yilda qanday mavzular va spikerlarni ko‘rishni istashlari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Woman’s Board — bu nafaqat uchrashuvlar, balki o‘z ustida ishlash, o‘sish va bir-birini qo‘llab-quvvatlash maydonidir.