2026-yil 5-aprel kuni Toshkent xalqaro marafoni 2026 doirasida kompaniyamiz xodimlari faol ishtirok etdilar. Ular 5, 10, 21 va 42 km masofalarda o‘z kuch va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, sog‘lom turmush tarziga sodiqligini yana bir bor namoyon etdilar. Mazkur sport tadbirida ishtirok etish xodimlarimiz o‘rtasida jamoaviy ruhni mustahkamlash, motivatsiyani oshirish hamda faol hayot tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi. “UzAuto Motors Powertrain” sog‘lom va faol jamoani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.