2026.04.06 “Kaizen & CI Month”

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi xodimlar o‘rtasida uzluksiz takomillashtirish madaniyatini rivojlantirish va tajriba almashinuviga qaratilgan “Kaizen & CI Month” loyihasini muvaffaqiyatli yakunladi.

Loyiha doirasida o‘quv treninglari, interaktiv jamoaviy o‘yin o‘tkazildi hamda eng samarali tashabbuslarni amalga oshirgan xodimlar uchun Asaka shahridagi zavodga tanishuv safari tashkil etildi. Shuningdek, Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida alohida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Umuman olganda, loyihada 130 dan ortiq xodim va 40 dan ziyod talaba ishtirok etdi. Bu esa kompaniyada Continuous Improvement madaniyatini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.