2026.04.03 Xalqaro qushlarni himoya qilish kuni

UzAuto Motors Powertrainda Xalqaro qushlarni himoya qilish kuni

2026-yil 1-aprel kuni UzAuto Motors Powertrain korxonasi hududida Xalqaro qushlarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Ekologik aksiya doirasida zavod xodimlari korxona hududida qushlar uchun uyachalar (skvorechniklar) o‘rnatishda faol ishtirok etdilar. Mazkur tashabbus qushlar populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va saqlab qolish, shuningdek, xodimlar orasida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Uyachalar o‘rnatilishi qushlarning in qurishi uchun qulay sharoit yaratadi hamda ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, xodimlar uchun mini-viktorina tashkil etildi. Unda ishtirokchilar qushlar va atrof-muhitga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Eng faol ishtirokchilar ramziy sovg‘alar bilan taqdirlandilar.