2026.03.31 Biologik xilma-xillikni saqlash
UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida mart oyi biologik xilma-xillikni saqlash masalalariga bag‘ishlangan oy deb e’lon qilindi.
 
 
Bu davrda bir qator tadbirlar amalga oshirildi, jumladan Yovvoyi tabiat kuni o‘tkazildi hamda umumkorporativ hashаr tashkil etildi. Ushbu tashabbuslar doirasida korxona hududi va unga tutash maydonlarda daraxtlar, gullar hamda dorivor o‘simliklar ekish ishlari bajarildi.
Shuningdek, alohida ta’kidlash joizki, “UzAuto Motors Powertrain” AJ Xalqaro yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kengashi (WHC)ning “oltin” sertifikati bilan taqdirlangan.
 
 
Kompaniyada biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan loyihalar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, ko‘kalamzorlashtirish, qushlarni muhofaza qilish hamda changlatuvchi hasharotlarni jalb etish uchun sharoit yaratish bo‘yicha tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tashabbuslarga korxona xodimlari va volontyorlari faol jalb etilmoqda.