Ziddiyatlar — bu muammo emas, balki o‘sish nuqtasi
UzAuto Motors Powertrain da 17-mart kuni «Tomas–Kilmann modeli: jamoada ziddiyatlarni qanday boshqarish» mavzusida trening tashkil etildi. Ishtirokchilar ziddiyatli vaziyatlarda qo‘llaniladigan 5 ta xulq-atvor strategiyasi bilan tanishdilar va vaziyatga qarab eng samarali yondashuvni tanlashni o‘rgandilar. Trening davomida real vaziyatlar tahlil qilindi, tajribalar muhokama etildi va kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Kuchli jamoa — bu ziddiyatlar yo‘q jamoa emas, balki ularni to‘g‘ri boshqara oladigan jamoadir.