2026.03.16 Umumxalq hashar

2026-yil 13–14-mart kunlari UzAuto Motors Powertrain zavodi “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq hasharida ishtirok etdi.

Korxona xodimlari nafaqat zavod hududini, balki unga yaqin bo‘lgan hududlarni ham obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar: tozalash ishlarini amalga oshirdilar, yashil hududlarni tartibga keltirdilar, shuningdek, bekatlar va bordyurlarni bo‘yadilar.
Zavod bahorni munosib qarshi olishga tayyorlandi, jamoa esa atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyat va hamjihatlikni yana bir bor namoyon etdi.

Bunday tashabbuslar ezgu an’analarni asrashga xizmat qiladi hamda Navro‘zni birlik, o‘zaro yordam va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida kutib olishga yordam beradi.