10 mart kuni UzAuto Motors Powertrain" kompaniyasida “STEAM Academy” dasturi bo‘yicha hisobot sessiyasi bo‘lib o‘tdi (UzAuto Motors Powertrainda 2021-yildan buyon amal qilib kelayotgan, ishlab chiqarish xodimlari uchun karyera o‘sishi imkoniyatini beruvchi kadrlar zaxirasini tayyorlash dasturi). Uchrashuv davomida ishtirokchilar STEAM Academy dasturida qatnashgan dastlabki 6 oy davomida erishgan yutuqlari va rivojlanishlari bilan bo‘lishdilar. Ular orttirgan tajribasi, yangi ko‘nikmalari hamda erishilgan natijalar haqida so‘zlab berdilar. Sessiyada ularning murabbiylari va mentorlari ham ishtirok etib, o‘z kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda ishtirokchilarning rivojlanishi bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar.