2026.03.12 Dvigatel qanday ishlaydi va haqiqiy zavodda nimalar sodir bo‘ladi?

 11-mart kuni Cambridge International Schoolning 6-sinf o‘quvchilari buni darsliklardan emas, balki o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Ular Drive for Dreams dasturi doirasida UzAuto Motors Powertrain korxonasiga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida o‘quvchilar zavod bo‘ylab sayr qilib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar, kompaniya tarixi haqida bilib oldilar hamda ichki yonuv dvigatelining qanday tuzilganini tushunib oldilar.

 

Amaliy qism esa ayniqsa qiziqarli bo‘ldi: kimyo mutaxassislari korxonada suvni tozalash jarayoni qanday amalga oshirilishini ko‘rsatib berishdi.

 

Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarga muhandislik va zamonaviy ishlab chiqarish dunyosini yanada yaqinroq his qilishga yordam beradi.