2026 yil 6 mart kuni zavod hududida bahorgi hashar tashkil etildi. Hashar doirasida xodimlar hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida 200 ta manzarali ko‘chat va gullar ekildi. Ushbu kunda turli xil daraxtlar, butalar va manzarali o‘simliklar ekildi:
🌳 Daraxtlar va manzarali o‘simliklardan
Qayin, Pissardi olxo‘risi, ko‘elreyteriya (metelchali), magnoliya
🌿 Butalardan
Chakanda, qora smorodina, kazak archasi, pirakanta
🌺 Manzarali o‘simliklardan
Lavanda, fotiniya “Red Robin” (shtamb), butasimon fotiniya, yapon bereskleti (shtamb), butasimon beresklet
🌸 Gullardan
Rayhon, gazaniya va sinniya
Birgalikdagi mehnat tufayli korxona hududi yanada yashil va shinam maskanga aylandi 🌿