2026.03.06 UzAuto Motors Powertrain da go‘zallik va ilhom bayrami

2026 yil 6 mart kuni UzAuto Motors Powertrain zavodida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan iliq va bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Tongdan boshlab hamkasblarimizni yoqimli syurprizlar: sovg‘alar va bo'lim rahbarlarining samimiy tabriklari kutib oldi. Tadbir davomida muhit tabassumlar, e’tibor va yaxshi kayfiyat bilan to‘ldi. Bayramning davomida zargarlik buyumlari tayyorlash bo‘yicha ijodiy master-klass tashkil etildi. Ishtirokchi ayollar o‘zlarini dizayner sifatida sinab ko‘rish, o‘z qo‘llari bilan noyob taqinchoqlar yaratish va do‘stona hamda ilhomlantiruvchi muhitda vaqt o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu kun kompaniyamizda faoliyat yuritayotgan ayol hamkasblarimizga ularning har kuni kompaniya rivojiga qo‘shayotgan hissasi va professionalligi uchun minnatdorlik bildirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.