2026-yil 3-mart kuni Uzauto Motors Powertrain kompaniyasida “KAIZEN & CI MONTH” loyihasi doirasida “Uzauto Motors Powertrainda Kayzen” mavzusida birinchi sessiya bo‘lib o‘tdi.
Spiker sifatida kompaniya Kayzen koordinatori Kamoliddin Djamalov so‘zga chiqib, Kayzen/CI g‘oyalarini topshirish jarayoni, ularni saralash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berdi, hamda nima sababdan ayrim tashabbuslar Kayzenga kirishi, boshqalari esa kirmasligini tushuntirib berdi.
Bunday uchrashuvlar xodimlarning kompaniya ichki jarayonlari bo‘yicha xabardorligini oshirishga xizmat qiladi, Kayzen tamoyillari bo‘yicha yagona tushunchani shakllantiradi hamda UMPTda doimiy takomillashtirish madaniyatini mustahkamlaydi.
Oldinda esa xodimlarimizni yanada qiziqarli tadbirlar kutmoqda: kompaniya yetakchilari tomonidan o‘tkaziladigan master-klasslar, interaktiv o‘yin va boshqa faoliyatlar.