2026.02.26 O‘rtachirchiq tumani 2-sonli texnikumi talabalari uchun UzAuto Motors Powertrain korxonasida ekskursiya

 2026-yil 26-fevral kuni O‘rtachirchiq tumani 2-sonli texnikumi talabalari uchun UzAuto Motors Powertrain korxonasida ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, avtomatlashtirilgan uskunalar hamda sifat nazorati tizimi bilan tanishdilar.

 

Shuningdek, ular metallarni quyish jarayoni, detallarga mexanik ishlov berish va dvigatellarni yakuniy yig‘ish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

 

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, amaliyot o‘tash imkoniyatlari hamda kelgusidagi ishga joylashish istiqbollari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Mazkur ekskursiya real ishlab chiqarish jarayonini ko‘z bilan ko‘rish va kelajakda karyera qurishga yana bir qadam yaqinlashish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.