UzAuto Motors Powertrain’da har yili xavfli kimyoviy moddalar to‘kilishini lokalizatsiya qilish va bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Bunday mashg‘ulotlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha bilim va tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Joriy yilda ilk o‘quv mashg‘uloti simob to‘kilishini bartaraf etishga bag‘ishlandi. Unda ushbu jarayonni tashkil etish va amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan barcha mutasaddi shaxslar ishtirok etdi.