12-fevral kuni UzAuto Motors Powertrain korxonasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. “Ikki buyuk siymo – bir buyuk meros” umumiy mavzusi ostida tashkillangan mazkur tadbir, 9-fevral – Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga va 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bagʻishlandi.
Tadbir davomida mavzuga oid maʼrifiy videoroliklar namoyish etildi. Faol ishtirokchilar ulugʻ shoirlar hayoti haqida oʻz fikrlarini aytib, ijodiy namunalardan oʻqib berdilar.
Tadbir soʻngida Kompaniyadagi faoliyati davomida davlat tili nufuzini oshirishga qaratilgan tadbirlardagi faol ishtiroki hamda jamoa orasida kitobxonlik madaniyatini targʻib qilishdagi shaxsiy namunasi uchun 4 nafar xodim “Maʼnaviyat jonkuyari” sertifikati va esdalik sovgʻalari topshirildi.