2026.02.12 Women’s Board sessiyasi: Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuniga bag‘ishlandi

11-fevral kuni Women’s Board dasturi doirasida ilm-fan va ta’limning hayotda va shaxsiy rivojlanishdagi o‘rniga bag‘ishlangan ilhomlantiruvchi sessiya bo‘lib o‘tdi.

 

“UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasi xodimlari Ozoda Sharustamova va Yevgeniya Li ish va o‘qishni birlashtirish va magistraturani tanlash, kasbiy o‘sishda shubhalarni yengish haqidagi hayotiy hikoyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir, shunchaki, muvaffaqiyat haqidagi hikoyalar bilan cheklanmay, balki yutuq ortida mashaqqatli yo‘l borligi va bunda ayolga ilm-u shijoat zarurligi haqidagi samimiy va ochiq muloqot maydoniga aylandi.

 

Ishtirokchilar ilmga asoslangan tafakkurning oqilona qaror qabul qilishdagi roli va tizimli yondashuvni rivojlantirishi hamda lavozimda yangi o‘sish imkoniyatlarini ham yaratishi haqida suhbatlashdilar. Uchrashuv iliq va qo‘llab-quvvatlov ruhida o‘tdi va ta’limga sarmoya kiritish kelajakka sarmoya kiritish ekanligini yana bir bor yodga soldi.