10-fevral kuni “O‘zavtosanoat” AJ tarkibiy korxonalari vakillari «Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yangi milliy talablarni joriy etish: nazariya va amaliyotni integratsiyalash» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar. Muhokamalar doirasida yangilangan milliy standartlarni joriy etish, mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek ishlab chiqarishda barqaror xavfsizlik madaniyatini shakllantirishda ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “O‘zavtosanoat” AJ tarkibiy korxonalarida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi masalalari rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bo‘lib o‘tgan muhokamalar yakunlari va ilgari surilgan takliflar ichki jarayonlarni yanada optimallashtirish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashning amaldagi tizimi samaradorligini oshirish maqsadida bosqichma-bosqich joriy etiladi.