2026.01.30 UzAuto Motors Powertrain AJ Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining 2026 stajirovkalar yarmarkasida
 
30 yanvar kuni UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi xodimlari Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti Kasbiy rivojlanish markazi tomonidan tashkil etilgan 2026 yilgi stajirovkalar yarmarkasida ishtirok etdi. Tadbir doirasida kompaniya vakillari potensial nomzodlarga ishga kirish imkoniyatlari va stajirovka dasturlari bo‘yicha ma’lumot berdilar.
UzAuto Motors Powertrain yosh mutaxassislarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi va yosh mutaxassislarning professional salohiyatini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadi.