2026-yil 27-yanvar kuni texnikum vakillari uchun zavodning ishlab chiqarish maydonchalari bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, mehmonlar ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari va kadrlar tayyorlash tizimi bilan tanishtirildi.
Shuningdek, uchrashuvda Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi vakillari ham ishtirok etib, hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Imzolangan memorandum amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish hamda avtomobilsozlik sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.