2025.12.13 "UzAuto Motors Powertrain" korporativ workshopi

"UzAuto Motors Powertrain" korporativ workshopi: 2026 yil uchun strategik yo‘nalishlar 2025 yil 13 dekabr kuni UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida departament direktorlari ishtirokida korporativ workshop bo‘lib o‘tdi. Tadbir 2026 yil uchun biznes-rejani joriy etish (Business Plan Deployment, BPD) doirasida asosiy maqsad va ko‘rsatkichlarni shakllantirish hamda kelishishga bag‘ishlandi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilib, xavfsizlik, xodimlarni boshqarish, mahsulot sifati, tezkor javob berish, tannarxni optimallashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab oldilar.

Shuningdek, departament rahbarlari tomonidan 2026 yil uchun barcha bo‘linmalar kesimida KPI-maqsadlar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. Belgilangan ko‘rsatkichlar departamentlar faoliyati samaradorligini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda, kompaniyaning strategik maqsadlariga muvofiqlashtirilgan holda erishilishini ta’minlaydi.