2025.12.09 Drive for Dreams: UzAuto Motors Powertrain yangi avlod muhandislarini ilhomlantirmoqda

Drive for Dreams: UzAuto Motors Powertrain yangi avlod muhandislarini ilhomlantirmoqda

Drive for Dreams dasturi qizg‘in davom etmoqda va bugun UzAuto Motors Powertrain zavodi yana yosh avlod uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bu shunchaki ekskursiya emas — zamonaviy texnologiyalar olamini ichidan ko‘rish va muhandislik hamda texnik mutaxassisliklarning qanday imkoniyatlar yaratishini tushunish imkonidir.
Biz kasb tanlash ongli qarordan boshlanishiga ishonamiz.
Shu sababli jamoamiz bolalarga zamonaviy dvigatellar qanday yaratilishini, kelajak muhandislariga qanday kompetensiyalar kerak bo‘lishini va nega texnologik yo‘nalishlar bozorning eng istiqbolli sohalaridan biri ekanini amalda ko‘rsatib bermoqda.
UMPT yoshlikdan boshlab orzuga intilishlarni qo‘llab-quvvatlaydi!