2025.12.05 «Ogohlik – davr talabi» mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

05.12.2025 yilda «UzAuto Motors Powertrain» AJda «Ogohlik – davr talabi» mavzusida huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda huquqiy targ‘ibot tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 

Tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 1-son IIB XPB boshlig‘i Isxonbekov Oybek Bahodirovich hamda IIB xodimi katta leytenant Ibragimov Altinbek Erkaboevichlar «UzAuto Motors Powertrain» AJ rahbariyati va mehnat jamoasi aktivlari ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida hozirgi kunda jamiyatimizda sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklar, maishiy korrupsiya, ta’magirlik, giyohvand moddalarni yoshlar o‘rtasida iste’molini ortib borayotgani va bu illatga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan olib borilayotgan kurash, keng ommaning bu borada xabardorligini oshirish, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, mahalla aktivlari va fuqarolarimizning hushyorligini oshirish borasida atroflicha fikr almashildi.

 

«UzAuto Motors Powertrain» AJ mehnat jamoasi aktivlari bunday huquqiy targ‘ibotlar «UzAuto Motors Powertrain» AJda tez-tez o‘tkazilishi mehnat jamoasining huquqiy savodxonligini o‘sishini, bu esa korrupsiya, giyohvandlik kabi illatlarga qarshi kurashishning eng samarali vositalaridan biri ekanligini ta’kidladi. Kelajakda bunday tadbirlarni keng ommani jalb qilgan holda o‘tkazishni kelishib oldi.