2025-yil 3-dekabr kuni «UzAuto Motors Powertrain» zavodida New Uzbekistan University talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi
Tashrif davomida mehmonlar ishlab chiqarish jarayonining asosiy bosqichlari, zamonaviy texnologik uskunalar hamda korxonada qo‘llanilayotgan innovatsion yechimlar bilan tanishtirildi.
Talabalar zavod ish jarayoni qanday tashkil etilganini amalda ko‘rib, ishlab chiqarishning real sharoitlari haqida ma’lumot olishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi. Ekskursiya davomida texnologik rivojlanish va ilg‘or muhandislik yondashuvlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
«UzAuto Motors Powertrain» kompaniyasi yoshlarga ko‘mak berishni davom ettirib, kelajak mutaxassislarini tayyorlash masalasiga katta ahamiyat qaratmoqda.