UMPT da oʻquv seminari
«UzAuto Motors Powertrain» AJ Komplaens xizmati tomonidan korxona xodimlariga manfaatlar to‘qnashuvi, eksport nazorati, biznes hamkorlarni kompleks tekshirish va noqonuniy olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash borasida o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminarida korrupsiyaviy xavflarni erta aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha o‘qitish olib borildi. Shuningdek, korxonada mavjud jarayonlarni yanada shaffoflashtirish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tinglovchilarga qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.