Amerika Texnologiya Universiteti talabalari tashrifi
2025-yil 28-noyabr kuni “UzAuto Motors Powertrain” zavodiga Toshkentdagi Amerika texnologiyalar universiteti talabalari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Bunday tadbirlar sanoat korxonalari va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, korxona uchun bo’lajak kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.