2025.11.04 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashrifi

2025-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari “UzAuto Motors Powertrain” zavodiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida ular kompaniya faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari qanday tashkil etilganini ko‘rdilar, shuningdek, zavodda qo‘llanilayotgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ta’kidlash joizki, bunday uchrashuvlar sanoat sohasi bilan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.